Oʻzbekistonda yangi roʻyxat: nomaqbul deb topilgan shaxslar deganda nima nazarda tutilyapti?
“Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu Prezident tomonidan imzolangan 998-sonli Qonun bilan amalga kiritiladi.
Qonun bilan Oʻzbekiston xalqining shaʼnini, qadr-qimmatini, tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlarni yoki harakatlarni sodir etgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning “Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxati”ga kiritilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, chet el fuqarosini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni Roʻyxatga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining, Senati Kengashining, maxsus vakolatli davlat organlarining taqdimiga asosan amalga oshiriladi.
Bildirilishicha, Roʻyxatga kiritilgan chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Roʻyxatga kiritilgan shaxs xabarnoma olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ixtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishi kerak.
“Agar Roʻyxatga kiritilgan, nomaqbul deb topilgan shaxs koʻrsatilgan muddat ichida ixtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketmasa, mazkur shaxs deportatsiya qilinadi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring