Oʻzbekistonda yana 7 ta kompaniya avtomobillar ishlab chiqaradi

17:36 06 Yanvar 2021 Iqtisodiyot
4648 0

Oʻzbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi.

Unda “UzAuto Motors” hamda yana 7 ta kompaniya tomonidan turli rusumdagi yangi avtomobillar ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan.

“Navoi-Motors” (Avstriya kompaniyasi bilan hamkorlikda) — pikap, kichik yuk mashinalari, miniven, yoʻl tanlamas, elektromobil, traktorlar;

«Manas avto-sanoat» (Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda) —

yuk mashinalari;

“Namangan Shangan motors” (BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda) — yengil avtomobillar;

“ADM Jizzakh” (Koreya eksimbanki ishtirokida) — Lada, Kia, Renault;

“Auto Motors Asia” (Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda) — krossoverlar, yuk avtomashinalari, mikroavtobuslar;

«Abbos-Eko Agro» (Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda) —

yengil avtomobil, miniven, kichik yuk avtomobillari;

“Hyundai Motor Uz Namangan” (Koreya kompaniyalari ishtirokida) — tijorat yuk avtomobillari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер