Oʻzbekistonda yana bir institut tashkil etildi
Hukumat qarori bilan (675-son, 30.10.2020-y.) Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq instituti tashkil etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, Davlat va huquq instituti (Institut) davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
Jamiyat va davlat qurilishi, sud-huquq va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarga maslahat va ekspert yordamini tashkil qilish Institutning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlari uchun tatbiq etilgan mehnatga haq toʻlash tizimi joriy etiladi.
Institut noshirlik faoliyati bilan shugʻullanishi va oʻzining matbaa organini (“Davlat va huquq” jurnali) tashkil qilishi mumkin.
Shuningdek, qaror bilan Institut tuzilmasi tasdiqlandi.
Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring