Oʻzbekistonda yana bir agentlik tashkil etilishi kutilmoqda
Oʻzbekistonda Prezidentning tegishli qarori bilan Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari tashkil etilishi kutilmoqda. Bu haqda “Xalq soʻzi” manbasi xabar berdi.
Agentlik moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanishi kutilmoqda.
Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni
65 nafardan iborat boʻlishi mumkin.
Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 145 nafar etib belgilanishi aytilmoqda.
Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra turizm va sport vazirining birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Agentlik direktori va uning direktori oʻrinbosarlari turizm va sport vazirining taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring