Oʻzbekistonda toʻylarni tartibga solish boshlanadi
Фото: ChatGPT
Prezident 21-aprel kuni imzolagan farmon asosida Oʻzbekistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi.
Qayd etilishicha, joriy yilning avgust oyigacha toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼrakalar va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish boʻyicha parlament palatalari kengashlarining qoʻshma qarori qabul qilinadi. Shuningdek, yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish boʻyicha yangi mexanizmlar ishlab chiqish ham rejalashtirilgan.
Loyihaga Oliy majlis palatalari, Madaniyat vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita masʼullar etib belgilandi.
Taʼkidlash joiz, 2019-yilning 14-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori qabul qilingandi. U 2020-yil 1-yanvardan kuchga kirgan va hozir ham qonuniy kuchga ega.
Unga koʻra, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar faqat bir kun (dafn etish marosimi bundan mustasno), soat 06:00 va 23:00 oraligʻida oʻtkaziladi.
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda 200 nafargacha, bu tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashadi. Qoʻshaloq toʻylarda 250 nafargacha, u bilan bogʻliq osh berish marosimida esa 300 nafargacha kishi qatnashishi mumkin.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks a qoʻshilgan 1921-moddaga koʻra, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazish tartibi rioya etmagan fuqarolarga 10 BHM (hozirda 3 mln 750 ming soʻm), toʻyxona va kafe-restoranlarning mansabdor shaxslariga 30 BHM (takroriy sodir etilsa, 50 BHM) miqdorida jarima belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring