Oʻzbekistonda shaxsiy avtomobillar soni qanchaga yetgani maʼlum boʻldi
Illyustrativ foto
2025-yilning 1-aprel holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni maʼlum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu davrda mamlakatda jismoniy shaxslarga tegishli 4 522,1 mingta avtotransport vositalari roʻyxatga olingan. Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar (jamiga nisbatan ulushi 93 %) tashkil etadi.
2025-yilning dastlabki uch oyi davomida avtomobillar soni 79,8 mingtaga oshgan. Bu aholi oʻrtasida shaxsiy transport vositalariga boʻlgan ehtiyoj ortib borayotganini koʻrsatadi. Ushbu holatni iqtisodiy barqarorlik, avtomobil bozoridagi narx-navo oʻzgarishlari va kredit-moliya sharoitlarining sezilarli taʼsiri natijasi sifatida baholanishi mumkin.
Jismoniy shaxslarga tegishli mashinalarning 4 207,6 ming donasini yengil avtomobillar tashkil etsa, 293,3 ming donasi yuk avtomobillaridir. Shuningdek, fuqarolarda 7,7 ming dona mikroavtobuslar, 7,4 ming dona maxsus transport vositalari va 6,1 ming dona avtobus mavjud.
Avvalroq poytaxtning Yunusobod tumanida fuqarolarning xarid qilgan avtomashinalarini nomiga oʻtkazib bermasdan MCHJni qasddan bankrotlikka olib kelgan shaxslar aniqlangani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring