Oʻzbekistonda samolyotlarga lazer nurini yoʻnaltirish holatlari koʻpaygan

10:28 10 May 2024 Jamiyat
168 0

Qonunga koʻra, ushbu holatni sodir etish BHM 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻlishi mumkin.

Oʻzbekistonda lazer nurlarini havo kemasiga yoʻnaltirish holatlari tobora koʻpayib borayotgani maʼlum qilindi. “Uzbekistan Airports” shu sababli fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, samolyotlarning uchish va qoʻnish vaqtida lazer nurlarini havo kemasiga yoʻnaltirish holatlari koʻpayib bormoqda.

“Yoʻlovchilar va havo kemasi ekipaji aʼzolarining hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazishi va xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida barcha fuqarolardan parvozlar xavfsizligini taʼminlash talablariga rioya etishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.

Maʼlumot oʻrnida, fuqarolarning bunday xatti-harakatlari uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 116-1-moddasida (havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish) javobgarlik nazarda tutilgan.

Ushbu moddaga asosan havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish uchun huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻlishi belgilab berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер