Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi va qishloq hududlarini gender holatini baholash natijalari eʼlon qilindi
Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Qishloq ayollari va barqaror kelajak” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda davlat idoralari va vazirliklar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati va nodavlat tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbati doirasida FAOning “Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi va qishloq hududlarini gender holatini baholashi” (Country Gender Assessment – CGA) yangilangan hisoboti taqdim etildi. Hisobotni FAO xalqaro konsultanti Elizabet Duban taqdim etdi.
“Bugungi seminar – bu nafaqat baholash natijalarini taqdim etish, balki kelgusi qadamlarni belgilash uchun ham muhim imkoniyatdir. Bu Oʻzbekiston qishloq ayollariga oʻz salohiyatlarini toʻliq namoyon etish, hayot sharoitlarini yaxshilash hamda oziq-ovqat xavfsizligi, tabiiy resurslarni saqlash va barqaror rivojlanishga qoʻshayotgan bebaho hissalarini yanada oshirish uchun amaliy yechimlar va tashabbuslarni birgalikda ishlab chiqish platformasidir”, – dedi Qishloq xoʻjaligi vaziri maslahatchisi Nuriddin Qoʻshnazarov.
Tadbir ishtirokchilari gender tengligini taʼminlash, qishloq ayollarining huquqlarini kengaytirish, resurslardan foydalanishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish va qishloq ayollarining salohiyatini rivojlantirish boʻyicha amaliy taklif va fikrlar bilan oʻrtoqlashdilar. Davra suhbati CGA hisoboti xulosalarini keng jamoatchilikka yetkazish, qishloq xoʻjaligi va qishloq rivojlanishida gender tengligining ahamiyatini yoritish, davlat organlari, fuqarolik jamiyati, donorlar va OAV ishtirokida muloqotni ragʻbatlantirish hamda CGA tavsiyalarini amalga oshirish uchun hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
“Qishloq ayollarining imkoniyatlarini kengaytirish va ularni eshitish – barqaror rivojlanishning asosiy shartidir. FAO oʻz milliy hamkorlari bilan birgalikda qishloq ayollarining iqtisodiy va ijtimoiy rolini mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashda davom etadi”, — dedi FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisining gender va ijtimoiy himoya boʻyicha katta maslahatchisi Dono Abdurazoqova.
Tadbir yakunida FAO, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi vakillari gender tengligini taʼminlash va qishloq ayollarining rolini mustahkamlash boʻyicha oʻzlarining qatʼiy sadoqatini yana bir bor tasdiqladilar. FAO oʻz mandati doirasida Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi strategiyalariga gender yondashuvini joriy etish hamda barqaror kelajak uchun ayollarning faol ishtirokini taʼminlash yoʻlida milliy hamkorlar bilan hamkorlikni davom ettiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring