Oʻzbekistonda PPX jamoat tartibini saqlash boʻyicha pullik xizmat koʻrsatishni boshlaydi
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston hukumati patrul-post xizmati (PPX) boʻlimlari tomonidan jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha shartnomaga asoslangan xizmatlarni taqdim etish tartibini tasdiqladi.
Hujjatga koʻra, joriy yil 1-sentyabrdan boshlab yuridik shaxslar PPX boʻlinmalariga shartnomaviy-huquqiy asosda xizmatlar koʻrsatish uchun YIDXP (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) va Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilishlari mumkin boʻladi.
Xizmatlar Ichki ishlar vazirligining “Elektron patrul” tizimi orqali amalga oshiriladi. Unga koʻra, PPX xodimlari aholi koʻp toʻplanadigan joylarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatadi.
Shuningdek, ushbu reglament ommaviy tadbirlar, yigʻilishlar, mitinglar va koʻcha namoyishlarini tashkil etish va oʻtkazishga taalluqli emasligi qayd etilgan.
Tariflar Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring