Oʻzbekistonda noqonuniy bandlik uchun ish beruvchilar javobgarligi kuchaytiriladi
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekistonda ish beruvchilarning noqonuniy bandlikka yoʻl qoʻyganligi uchun javobgarligi kuchaytiriladi. Bu haqda Prezident farmoyishida maʼlum qilindi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasiga tegishli qonun loyihasini avgust oyiga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.
Loyihada ilk marta noqonuniy mehnatga jalb qilish holati aniqlansa — 30 BHM (12,3 mln soʻm) miqdorida jarima, qayta sodir etilganda esa — 100 BHM (41,2 mln soʻm) miqdorida jarima solish taklif etilgan.
2026-yildan esa qurilish tashkilotlariga nisbatan “Shaffof qurilish” onlayn-platformasidagi reyting ballari noqonuniy bandlikka oid qonunbuzarliklar uchun pasaytiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring