Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi islohotlarni kuchaytirishga qaratilgan “yoʻl xaritasi” taqdimoti oʻtkazildi

2024-yil 27-may kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Kutbiddin Burxanov Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) Aksilkorrupsiya tarmogʻi doirasidagi Istanbul harakatlar rejasining 5-raundi bazaviy hisoboti va Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan “yoʻl xaritasi” loyihasi taqdimotida ishtirok etdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, IHTT va xalqaro hamkor tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.
Taqdimotda taʼkidlanishicha, IHTT tomonidan ishlab chiqilgan Istanbul harakatlar rejasi bugungi kunda Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarda muhim strategik yoʻnalish vazifasini oʻtamoqda. U nafaqat amalga oshirilgan ishlar samaradorligini baholab beradi, balki eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan ustuvor sohalarni ham aniqlab bermoqda. 2024-yilda oʻtkazilgan 5-bosqich monitoringi toʻqqizta asosiy yoʻnalishni qamrab oldi: korrupsiyaga qarshi siyosat, manfaatlar toʻqnashuvi va mol-mulk deklaratsiyasi, xabar beruvchilarni himoya qilish, biznesda xolislik, davlat xaridlarida halollik, sud va prokuraturaning mustaqilligi, ixtisoslashtirilgan idoralar faoliyati hamda jinoiy taʼqib masalalari.
Taqdimot davomida Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar ijobiy baholangani maʼlum qilindi. Xususan, davlat xaridlari va xususiy sektorda halollikni oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kengaytirish borasidagi natijalar mintaqada eʼtirofga sazovor boʻlgan. Mamlakatimiz korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida IHTT baholash tizimida eng yuqori koʻrsatkichlardan birini qayd etgani ham alohida taʼkidlandi.
Bu yutuqlar Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi qatʼiy siyosiy iroda, parlament va ijro hokimiyati organlarining amaliy saʼy-harakatlari, shuningdek, xalqaro hamkorlarning yaqin koʻmagi bilan qoʻlga kiritilgani alohida qayd etildi. Bunday yondashuv Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Tadbir doirasida IHTT tomonidan berilgan tavsiyalar asosida ishlab chiqilgan “yoʻl xaritasi” loyihasi keng muhokama qilindi. Unga muvofiq, korrupsiyaga qarshi kurashni yanada samarali tashkil etish uchun aniq vazifalar belgilanib, amalga oshirish mexanizmlari kelishib olindi. Bu hujjat mamlakatda shaffoflik, hisobdorlik va halollikni taʼminlashga qaratilgan uzoq muddatli islohotlar uchun asos boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring