Oʻzbekistonda koronavirusga qancha fuqaro emlangani maʼlum qilindi

09:41 02 Aprel 2021 Jamiyat
718 0

Vaksinatsiyaning ilk kunidayoq Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 5 018 nafar fuqaro ixtiyoriy ravishda emlandi.

Vaksinatsiyaning ilk bosqichida 65 yosh va undan oshgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanishi koʻzda tutilgan.

1-aprel holatiga koʻra, 1871 nafar 65 yoshdan yuqori fuqaro va 3147 nafar tibbiyot xodimi emlandi.

Vaksinatsiya boʻyicha kunlik hisobda Toshkent shahridan 1651 nafar fuqaro emlanib, hududlar boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich qayd etgan.

Emlash koʻrsatkichlari boʻyicha keyingi oʻrinlarni Fargʻona viloyati (467 nafar), Qashqadaryo viloyati (389 nafar), Toshkent viloyati (317 nafar) band qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер