Oʻzbekistonda har oʻn ming aholiga 27 nafar shifokor toʻgʻri keladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi.
Soʻnggi 7-yilda tibbiyotga ajratilayotgan mablagʻ 6 karra oshgani va joriy yilda 42 trillion soʻmga yetgani taʼkidlandi.
Mahalladagi birlamchi boʻgʻin bilan ixtisoslashgan xizmatlarni bogʻlaydigan kompleks tizim yaratildi. Ilgari faqat poytaxtda bajarilgan 400 dan ortiq yuqori texnologik amaliyot viloyat va tumanlarda oʻtkazilmoqda. Birgina buyrak koʻchirish amaliyoti kuniga 2 tadan bajarilmoqda.
Mamlakatimizda har oʻn ming aholiga 27 nafar shifokor toʻgʻri keladi. Bu AQSH, Buyuk Britaniya, Finlyandiya bilan bir xil koʻrsatkich. Turkiya va Kanadada bu raqamlar 1,5 baravar kam.
“Koʻrib turibsiz, bizda tibbiyot xodimlari sonida ham, moliyalashtirishda ham muammo yoʻq. Lekin, sifat-chi? Bu borada eʼtirozli savollar juda koʻp”, dedi davlat rahbari.
Oʻzbekistonda yuqumli boʻlmagan kasalliklar iqtisodiyotimizga har yili 1 milliard dollar zarar keltirishi hisob-kitob qilingan. Tez yordamdagi jami chaqiruvlarning toʻrtdan biri surunkali kasalliklari bor bemorlarga toʻgʻri kelmoqda.
Masalan, Fargʻonadagi 12 ta mahallada oʻtkazilgan oʻrganishda har 10 nafar bemordan 8 nafari oilaviy shifokorni chetlab oʻtib, shifoxonaga yoki xususiy klinikaga borayotganini aytgan. Xorazmda esa bemorlar oilaviy shifokorni emas, tez yordamni afzal koʻryapti. Sodda qilib aytganda, tez yordam xuddi poliklinikadek boʻlib qolgan.
Andijon, Namangan va Samarqand shahrida poliklinika shifokori kuniga 50-60 nafar bemorni qabul qilayapti. Bu hech qanday tibbiy standartlarga toʻgʻri kelmaydi.
Buxoroda oilaviy shifokorlar profilaktika, skrining va davolash bilan shugʻullanish oʻrniga bemorni shifoxonaga yoʻnaltiruvchi “dispetcher” boʻlib qolgani qayd etildi.
Bu masalalarni na sogʻliqni saqlash masʼullari, na hokimlar oʻylab koʻrmagani qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring