Oʻzbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun javobgarlikka tortilganlar soni maʼlum qilindi
Oʻzbekistonda 2025-yilning birinchi yarmida hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik qilgan 34 nafar fuqaro javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik) asosida 32 nafar shaxs jarimaga tortilgan, yana 2 nafar fuqaro esa maʼmuriy qamoqqa olingan.
2020–2024-yillarda mazkur modda boʻyicha jami 397 nafar fuqaro javobgarlikka tortilgan: ularning 363 nafari jarimaga, 34 nafari esa qamoqqa hukm qilingan.
Oliy sud eslatishicha, 111-modda hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik qilganlik uchun 3 dan 5 BHMgacha (1 mln 236 ming soʻmdan 2 mln 60 ming soʻmgacha) jarima belgilangan. Xuddi shu huquqbuzarlik bir yil ichida takroran sodir etilsa yoxud voyaga yetmagan shaxs koʻz oʻngida amalga oshirilsa yoki hayvonlarning oʻlimi yoki tan jarohati bilan tugasa, 5 dan 10 BHMgacha (2 mln 60 ming soʻmdan 4 mln 120 ming soʻmgacha) jarima yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring