Oʻzbekistonda elektrosamokatlar tezligiga cheklov qoʻyildi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, individual harakatlanish vositalarini (elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monogʻildirak va boshqa shunga oʻxshash vositalar) boshqarayotgan shaxslar yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishi, trotuarlardan, piyodalar yoʻlkalaridan, piyoda va velosiped yoʻlkalarida soatiga 10 kilometrdan oshmaydigan tezlikda, ular boʻlmaganda esa yoʻl chetida soatiga 20 kilometrdan yuqori boʻlmagan tezlikda harakatlanishi kerak boʻladi.
Elektrosamokatlarni velosipedchilar uchun tasma yoki piyoda va velosiped yoʻlkasi mavjud boʻlganda yoʻlning qatnov qismida, yoʻl yoqalarida yoki qatnov qismining chetida harakatlantirish taqiqlandi. Shuningdek, ularda odam tashish, uzunligi yoki kengligi 0,5 metrdan ortiq tashqariga chiqadigan yoki boshqaruvga xalaqit beradigan yuklarni tashish taqiqlandi.
Elektrosamokatlarni 14 yoshdan kichik boʻlgan shaxslar boshqarishi man etildi. Turar joy dahalari, istirohat va hayvonot bogʻlari, bolalar maydonchalari, koʻngilochar joylarda hamda yopiq hududlarda boshqarish bundan mustasno.
Individual harakatlanish vositalarini boshqaradigan shaxslar turar joy dahalaridan chiqish vaqtida boshqa harakat qatnashchilariga yoʻl berishi, qatʼiy ravishda harakat yoʻnalishi boʻyicha boshqarishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring