Oʻzbekistonda davlat boshqaruviga sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etilishi mumkin
Oʻzbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Sloveniyaning Yojef Shtefan nomidagi institutining Axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarni uzatish markazi rahbari Mitey Yermol va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti direktori Katey Gershak bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi.
Muzokaralar chogʻida ikki mamlakat ilmiy-tadqiqot institutlari oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Istiqbolli yoʻnalishlar — axborot texnologiyalari, jumladan, davlat boshqaruviga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ahamiyati alohida qayd etildi.
Oʻzbekiston Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti delegatsiyasining iyul oyida Lyublyana shahriga tashrifi yakunlari boʻyicha maʼlumot berildi.
Tomonlarni qiziqtirgan asosiy yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring