Oʻzbekistonda dam olish kunlari anomal issiq boʻladi
Soʻnggi kunlarda mamlakatimiz hududi boʻyicha yoz faslining boshi uchun meʼyoriy qiymatlardan 7-10° ga yuqori boʻlgan anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Bu hodisa Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi bilan bogʻliqdir. Dam olish kunlarida issiq yana kuchayadi, kunduz kunlari havo harorati 40-43° gacha, janubda va choʻl hududlarida baʼzi joylarda 44-46° gacha isiydi, kechalari esa 22-27° atrofida, respublikaning choʻl hududlarida baʼzi joylarda 30° gacha boʻladi, deb xabar berdi “Oʻzgidromet”.
Respublika hududining katta qismida bu yozning eng issiq boshlanishidir. Masalan, Toshkentda ushbu yilgacha iyun oyining birinchi haftasida haroratning mutlaq (absolyut) maksimumi 37-39° dan yuqori boʻlmagan.
Dam olish kunlari respublika boʻyicha shamol baʼzi joylarda changli boʻron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Dam olish kunlari ayrim togʻli hududlarda kechga tomon konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring