Oʻzbekistonda bir oyda 132,7 mlrd soʻmlik energiya resurslari oʻgʻirlandi

15:06 03 Dekabr 2025 Iqtisodiyot
140 0

Foto: Oʻzenergoinspeksiya

Noyabr oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 132,7 milliard soʻmlik zarar yetkazilgan, deb xabar bermoqda Oʻzenergoinspeksiya.

Maʼlum qilinishicha, inspeksiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari ishtirokida soʻngi bir oyda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 289 ta holat aniqlangan.

Unga koʻra, 26,1 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (50,4 mlrd soʻm) va 27,2 mln metr kub tabiiy gaz (82,3 mlrd soʻm) talon-toroj qilinishi natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra jami 132 milliard 752 million soʻm zarar qayta hisob-kitob qilingan.

Shuningdek, isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha 518 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirilgan. Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?