Oʻzbekistonda avtomobil yoʻllari toifalarga ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Prezident qarori bilan tasdiqlangan yoʻl xoʻjaligi tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish doirasida shahar va boshqa aholi punktlari hududlarining oʻzgarishini inobatga olib, Oʻzbekistonning umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini qaytadan ishlab chiqish va tasdiqlashga qaror qilindi.
Hujjat bilan Oʻzbekiston avtomobil yoʻllarining quyidagi roʻyxatlari tasdiqlandi:
- xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻllari roʻyxati (11 nomdagi umumiy uzunligi 3 833 kilometr);
- davlat ahamiyatiga ega avtomobil yoʻllari roʻyxati (240 nomdagi umumiy uzunligi 14 316 kilometr);
- mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yoʻllari roʻyxati (1 818 nomdagi umumiy uzunligi 24 222 kilometr).
Mazkur roʻyxatlar 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Transport vazirligiga bir oy muddatda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida joylashgan koʻprik inshootlari roʻyxatini tasdiqlash topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 5-iyuldan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring