Oʻzbekistonda amalda ekilmagan qancha koʻchat hisobotlarga qoʻshib yozilgani ochiqlandi
Oʻzbekistonda 541 ta holatda amalda ekilmagan bir milliontadan ziyod koʻchat hisobotlarga qoʻshib yozilgani aytildi. Bu haqda Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi Oʻktam Oʻtayev AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi.
Bildirilishicha, 35 ta holatda yetkazib berilgan koʻchatlar oʻz vaqtida ekilmagani sababli 19 mingdan ortiq koʻchat nobud qilingan. Shuningdek, 441 ta holatda 580 ming tup koʻchat sugʻorish tizimi mavjud boʻlmagan joylarga ekilgan.
Bundan tashqari, 7 232 ta noqonuniy daraxt kesish holati aniqlanib, har bir nobud qilingan daraxt uchun 100 tup koʻchatni kompensatsiya tarzida ekish majburiyati yuklangan.
Yadro fizikasi instituti bogʻi (255 gektar), «Darxon» ilmiy tajriba xoʻjaligi (29,6 gektar), «Bobotogʻ» va «Zarafshon» davlat oʻrmon xoʻjaliklari hududlari toʻliq nazoratga olinib, jami 50 ming tup koʻchat ekilishi taʼminlangan.
Eslatib oʻtamiz, Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi majlisida bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qariyb 600 mingdan ortiq koʻchat sugʻorish tizimi mavjud boʻlmagan joylarga ekilgani, ayrim vazirlik, idora va tarmoqlarda esa bu tadbirlarga yetarlicha eʼtibor qaratilmagani qayd etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring