Gʻazo sektorini minalardan tozalash jarayoni 30 yilgacha choʻzilishi mumkin
TASS xabariga koʻra, Gʻazo sektorini minalardan tozalash va portlamagan snaryadlarni yoʻq qilish jarayoni 20–30 yilgacha davom etishi mumkin.
BMT homiyligida faoliyat yuritayotgan xalqaro nodavlat tashkilot vakilining soʻzlariga koʻra, “Gʻazo hududi haqiqiy mina maydoniga aylangan, Isroil hujumlari natijasida qolgan portlamagan bombalar va snaryadlarni yoʻq qilish oʻnlab yillar talab etadi”.
Uning taʼkidlashicha, Gʻazodagi barcha portlamagan oʻq-dorilarni zararsizlantirish imkonsiz, chunki ularning koʻpi yer ostining chuqur qatlamlarida joylashgan.
— Faqat yer yuzasida joylashgan portlovchi moddalarni topish va zararsizlantirishning oʻzi butun bir avlod vaqtini oladi, — dedi u.
Manbaga koʻra, Isroil hukumati Gʻazo hududiga zararsizlantirish uchun zarur texnik uskunalarni olib kirishga ruxsat bermayapti. Shuningdek, NNTlar snaryadlarni portlatmasdan, ularni xavfsiz tarzda yoʻq qilish uchun moʻljallangan maxsus uskunalarni olib kirish iznini ham ololmagan.
Avvalroq xalqaro nodavlat tashkilot Handicap International maʼlum qilganidek, 2023-yil oktyabridan beri davom etayotgan harbiy harakatlar vaqtida Isroil kuchlari Gʻazo sektoriga taxminan 70 ming tonna snaryad va bomba tashlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring