Oʻzbekistonda aholining 15-22 foizida koronavirusga qarshi immunitet bormi? 

09:11 07 Oktyabr 2020 Jamiyat
829 0

Savol: Oʻzbekistonda aholining 15-22 foizigacha immuniteti borligi aniqlandi, degan hisobotni eshitdim. Shu darajada koʻp odamda immunitet boʻlishi mumkinmi? Axir bizda aholining hali 0,2 foizi ham kasallanmadi-ku?

Koronavirusga qarshi kurash shatib aʼzosi Nurmat Otabekov ushbu savolga javob qaytardi:

— Menimcha, bunday koʻp aholida immunitetning borligi quvonarli hol boʻlsa-da, biroz ishonchsiz raqamlar hisoblanadi.

Aytganingizdek, bizda bu qadar koʻp aholi kasallangani yoʻq, buning ustiga hali emlash tadbirlari ham boshlanmadi. Raqamlarning (foizlarning) bunday yuqori koʻrsatkichga chiqishiga bir nechta sabab boʻlishi mumkin:

— birinchidan, faqat kasallanib sogʻaygan aholi qatlami tekshirilgan. Agar shunday boʻlsa, ularning 15-22% da immunitetning boʻlishi — bu yomon koʻrsatkich.

— ikkinchidan, hisob-kitoblarda, tekshirilgan aholi soni va uning tahlilida (interpretatsiya) xatolikka yoʻl qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?