Oʼzbekistonda 28 dekabr kuni tumanli havo boʼlishi kutilmoqda

02:11 28 Dekabr 2021 Jamiyat
884 0

«Oʼzgidromet» respublika hududida 28 dekabr, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° sovuq, kunduzi 2-4° iliq boʼladi.

Qoraqalpogʼiston, Xorazm viloyatida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq; Ustyurtda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʼladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʼladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʼladi.

Qashqadaryo, Surhondaryo viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq boʼladi.

Andijon, Namangan, Fargʼona viloyatlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʼladi.

Respublikaning togʼli hududlarida havo oʼzgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʼladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер