Oʻzbekistonda 20-iyun kuni qator hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, togʻli hududlarda kuchli boʻladi

19:54 19 Iyun 2022 Jamiyat
597 0

Foto: Illustrativ foto

Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 20-iyun, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 24-26 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja,kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 15-20 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер