Oʻzbekiston yana bir xalqaro forumga mezbonlik qiladi

06:57 24 Noyabr 2021 Jamiyat
665 0

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan 24-25-noyabr kunlari “Yangi Oʻzbekiston taʼlimi: islohotlar yoʻlida muvaffaqiyatli hamkorlik” mavzusida xalqaro forum tashkil etilmoqda.

Mazkur forumdan koʻzlangan maqsad:

— xorijiy davlatlar vakillarini Oʻzbekistondagi taʼlim islohotlari bilan tanishtirish;

— zamonaviy taʼlim tizimini rivojlantirishning xorij tajribasini joriy etish;

— nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan tajriba almashishdan iborat.

Forumga Yevropa, Amerika, Osiyo qitʼalaridan taʼlim sohasining 100 dan ortiq yetuk mutaxassislari, oʻz yoʻnalishida jahonning eng nufuzli taʼlim dargohlari rahbarlari va jahon OTMlari reytingini baholovchi Times Higher Education tashkiloti ishtirok etishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер