Oʻzbekiston va Vengriya parlamentlararo hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Joriy yilning 10-sentyabr kuni Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Oral Ataniyazova Vengriya Milliy majlisi raisi oʻrinbosari Ishtvan Yakab bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Keyingi yillarda ikki tomonlama parlamentlararo aloqalar sezilarli darajada faollashgani taʼkidlandi.
Taʼlim, fan va sogʻliqni saqlash hamda ekologiya sohalaridagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Mazkur yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashishni kengaytirish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorlik bildirildi.
Ikki tomonlama muloqotni ilgari surishda parlamentlararo hamkorlik guruhlari muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi. Shu nuqtai nazardan Oliy Majlis Senatida faoliyat yuritayotgan Vengriya Milliy majlisi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhning izchil faoliyati qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring