O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish qonuni muhokama qilindi

Foto: Yunus Boʻriyev, Haqberdi Asqarov /“Xalq soʻzi”
Senatning uchinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani (Dushanbe, 2024 yil 18 aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatida Markaziy Osiyo davlatlari, ya’ni qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni yaxshilash, do‘stona muhitni mustahkamlash hamda o‘zaro hamkorlikni yanada yuqori darajaga olib chiqish masalalari alohida o‘rin tutadi.
Mazkur Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024 yil 18 aprelda Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Dushanbe shahrida imzolangan. Shartnoma ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi – ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan.
Ushbu hujjat xalqaro huquq normalariga amal qilgan holda mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish, davlat chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish, suv-energetika sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, parlament diplomatiyasini rivojlantirish va o‘zaro aloqalarni mustahkamlash kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishni nazarda tutadi.
Shuningdek, iqtisodiy, investisiyaviy, fan-texnika, madaniyat, ta’lim, sport va turizm sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish, terrorizm, ekstremizm va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu Qonun O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga, mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Foto: Yunus Boʻriyev, Haqberdi Asqarov /“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring