Oʻzbekiston va Rossiyaning soliq sohasidagi hamkorligi yanada mustahkamlanmoqda
Foto: Arxiv surat
Joriy yilning 14-15-dekabr kunlari Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston soliq organlari delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida boʻldi.
Tashrif davomida Sh.Kudbiyev va Rossiya Federal soliq xizmati rahbari Daniil Yegorov soliq sohasida kelgusidagi hamkorlikni muhokama qildi.
Oʻtgan 4-yil davomida (2019—2022 yy.) Oʻzbekistonda soliq maʼmuriyatchiligini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma texnik koʻmak loyihasi doirasida koʻplab amaliy choralar koʻrildi.
Shu vaqt ichida nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish, QQS maʼmuriyatchiligi va EHFni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va nazorat qilish boʻyicha ishlar bajarildi. Bundan tashqari, Soliq qoʻmitasining maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini hisoblash IT infratuzilmasi bilan jihozlash yakunlandi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya Federal soliq xizmatining raqamli texnologiyalari imkoniyatlari bilan tanishdi, shuningdek, “Rossiya” xalqaro koʻrgazma-forumiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar yaqin 2-yil ichida Soliq qoʻmitasi va Rossiya Federal soliq xizmati xodimlarini oʻqitish va tajriba almashish yuzasidan qator tadbirlar oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni kelishib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring