Oʻzbekiston va Rossiya elektr energiya sohasida hamkorlik qiladi
Foto: “Oʻzbekenergo” AJ Matbuot xizmati
“Oʻzbekenergo” AJda Rossiya Federatsiyasi energetika vazirligi departamenti boshligʻi Aleksey Kiryakov hamda “Inter RAOEES” kompaniyasi vakili Sergey Perevedensev bilan Jamiyat rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
“Oʻzbekenergo” AJ Matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, uchrashuvda tomonlar oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish, yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini hamkorlikda qurish masalalarini muhokama qilishgan.
“Oʻzbekenergo” AJ Boshqaruv raisi U. MustafoyevRossiya Federatsiyasi bilan Oʻzbekiston elektr energetika sohasida oʻzaro aloqalarni mustahkamlash,ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligini taʼkidlab, bu borada qilinishi lozim boʻlgan masalalarga alohida eʼtibor qaratdi. Xususan, oʻzaro muloqotda “Toshkent IES”, “Navoiy IES”, “Taxiatosh IES” va “Angren IES” da jami 18 ta energobloklarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish hamda “Oʻzbekenergo” AJning “Angren IES” va “Yangi Angren IES”ga ishonchli va innovatsion boshqaruvga oʻtish uchun oʻzaro hamkorlik aloqalarini amalga oshirish borasidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Oʻz navbatida, Rossiya Federatsiyasi energetika vazirligi departamenti boshligʻi Aleksey Kiryakov Rossiya energetika vazirligi “Oʻzbekenergo” AJ bilan oʻzaro hamkorlik uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekanligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring