Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida readmissiya toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi

11:27 09 Iyul 2025 Hujjatlar
214 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kecha, 8-iyul kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori [220-son] qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.

Qarorga koʻra, Oʻzbekiston Hukumati va Fransiya Hukumati oʻrtasidagi readmissiya toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi. Mazkur bitim 2025-yil 12-martda Parij shahrida imzolangan.

Hujjat bilan Ichki ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер