Oʻzbekiston va AQSHning Yuta shtati bilan hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Amerika Qoʻshma Shtatlarining Yuta shtatida siyosiy, iqtisodiy va ilmiy doiralar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda.
Yuta Senati prezidenti Styuart Adams bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish, investitsiyalarni faol jalb etish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiya aʼzolari tomonidan Oʻzbekistonga Yuta tajribasini tatbiq qilish, xususan, togʻ-kon sanoati, nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash, shuningdek, elektrotransport uchun batareya hamda yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalar boʻyicha takliflar ilgari surildi.
Shuningdek, Orolboʻyi hududida ekologik muammolarni hal etishda Yuta shtatining ilmiy-uslubiy tajribasidan foydalanish, artemiya yetishtirish boʻyicha qoʻshma loyihalar amalga oshirish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Yuta shtati universitetlari rahbarlari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda qoʻshma taʼlim dasturlari hamda talabalar almashinuvi loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda tomonlar Oʻzbekiston va Yuta shtati oʻrtasida iqtisodiyot, taʼlim hamda madaniyat sohalarida hamkorlikni yanada kuchaytirishga tayyor ekanligi bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring