Akbar Joʻrayev jahon rekordi oʻrnatdi
Oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi Akbar Joʻrayev Norvegiyaning Forde shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida tarixiy yutuqqa erishdi — u uchta oltin medalni qoʻlga kiritib, jahon rekordini yangiladi. Bu gʻalaba uning faoliyatidagi uchinchi jahon chempionligi boʻldi.
110 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida bellashgan Joʻrayev dast koʻtarishda 196 kg natija bilan jahon rekordi oʻrnatdi. Siltab koʻtarishda esa 232 kg koʻtarib, umumiy hisobda 428 kg natija bilan mutlaq gʻolib deb topildi.
“Bu medallar — nafaqat shaxsiy gʻalaba, balki yurtimiz sportchilari uchun yangi tarix. Har bir koʻtarilgan kilogramm ortida yuzlab soatlik mehnat va ishonch bor,” — dedi musobaqadan soʻng Akbar Joʻrayev.
Joʻrayev soʻnggi urinishda 245 kg siltab koʻtarishga buyurtma bergan, ammo shtangani koʻtara olmagan. Agar bu amalga oshganida, u barcha yoʻnalishlarda jahon rekordchisiga aylanar edi.
Shu bilan birga, mazkur vazn toifasida ishtirok etgan yana bir oʻzbekistonlik sportchi Ruslan Nuriddinov ham muvaffaqiyatli qatnashdi. U dast koʻtarishda 186 kg natija bilan toʻrtinchi, siltab koʻtarishda 228 kg natija bilan uchinchi boʻlib, ikkita bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Akbar Joʻrayev bundan avval 2021-yil Toshkentda va 2023-yil Ar-Riyodda oʻtkazilgan jahon chempionatlarida ham gʻolib chiqqandi. Uning navbatdagi triumfi Oʻzbekiston ogʻir atletika maktabi nufuzini yanada oshirdi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring