Oʻzbekiston Ukrainadagi fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qiladi
Foto: ТАСС
Ukrainadagi Oʻzbekiston elchixonasi Ukrainadagi oʻzbeklarni Polsha orqali vatanga qaytarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda elchixonaning Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlumotga koʻra, Ukraina chegarasini kesib oʻtish faqat Oʻzbekistonning Ukraina va Polshadagi elchixonalari vakillari hamrohligida avtobuslarda markazlashgan holda amalga oshiriladi. Boshqa barcha holatlarda chegarani kesib oʻtishda muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Shuningdek, evakuatsiya qilish jarayonida ayollar, bolalar, talabalar va qariyalarga birinchi oʻrinda yordam berilishi taʼkidlangan.
Elchixona barcha fuqarolarni xavfsiz evakuatsiya qilish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring