Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi chorak finalga yoʻl oldi
Bugun, 13-yanvar kuni Saudiya Arabistonida tashkil etilayotgan U-23 Osiyo chempionati musobaqasining “C” guruhida 3-tur oʻyinlari yakunlandi. Kun doirasida oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Janubiy Koreya terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 2:0 hisobida Oʻzbekiston yoshlarining gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Saidumarxon Saidnurallayev va Behruz Karimov mualliflik qildi.
Guruhning ikkinchi oʻyinida esa Livan U-23 terma jamoasi Eron bilan toʻqnash keldi. Ushbu oʻyin Livan terma jamoasining 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Yagona gol Shohin Fara hisobiga yozildi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi 7 ochko jamgʻargan holda guruhda 1-oʻrinni egalladi.
Maʼlumot uchun, endi Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi musobaqaning chorak finalida “D” guruhida ikkinchi oʻrinni egallagan jamoa bilan toʻqnash keladi. Ushbu oʻyin 17-yanvar kuni Jidda shahrida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring