O‘zbekiston U-17 terma jamoasi uchun Jahon chempionati yakunlandi

19:37 18 Noyabr 2025 Sport
418 0

Bugun, 18 noyabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tayotgan U-17 jahon chempionatining nimchorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Kun doirasidan o‘rin olgan bahsda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Italiya jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv 3:2 hisobi Yevropa vakilining g‘alabasi bilan yakunlandi. G‘oliblar safida gollarga Tomas Kampaniello (2 ta) va Dauna Amihere mualliflik qildi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining javob gollariga Azizbek Murodov va Azizbek Erimbetov mualliflik qildi.

Shu tariqa nimchorak finalda g‘alaba qozongan Italiya U-17 terma jamoasi turnirning chorak finaliga yo‘l oldi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun esa musobaqa shu bosqichda yakunlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?