Oʻzbekiston turizm salohiyati Berlin metrosida namoyish etilmoqda
Arxiv surat
Germaniya poytaxtidagi metropoliten vagonlarida mamlakatimiz sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan videolavhalar namoyish etilmoqda.
“Dunyo” AA xabariga koʻra, Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish dasturi doirasida mamlakatimiz elchixonasi tomonidan “DIEMEDIAFABRIK Agentur für Mediaberatung GmbH” media-xizmati agentligi bilan hamkorlikda noyabrda yoʻlga qoʻyilgan mazkur sayyohlik targʻiboti dekabr oyi oxirigacha Berlin metropolitenida namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Taʼkidlash joizki, mamlakatimizga tashrif buyuradigan sayyohlarning katta qismi germaniyaliklar hissasiga toʻgʻri keladi. Davlatimiz rahbarining olib borayotgan ochiq tashqi siyosati tufayli nafaqat iqtisodiy, balki turizm sohasida ham dunyo mamlakatlarining asosiy eʼtibori yurtimizga qaratilmoqda. Yevropaning yirik sayyohlik kompaniyalari va turoperatorlarining yurtimizga bildirayotgan qiziqishi va izchil rivojlanib borayotgan hamkorlik aloqalari bunga yaqqol misoldir.
Dunyodagi eng yirik metropolitenga ega shaharlardan biri boʻlgan Berlin metrosida Oʻzbekistonning turistik salohiyati, mavjud sayyohlik yoʻnalishlari va imkoniyatlari tasvirlangan videolavha namoyishi Germaniyadan mamlakatimizga sayyohlar sonining yanada ortishiga, ularni yurtimiz imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qilishi muqarrar.
Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, Berlin metrosi eng koʻp foydalaniladigan jamoat transportlaridan biri hisoblanadi. Undan nafaqat shahar aholisi, balki butun dunyodan keladigan mehmonlar ham foydalanadi.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, yilning ayni shu oylarida germaniyaliklar keyingi yilgi sayohatlarini rejalashtiradi. Yangi yil bayrami arafasida Germaniyaga dunyoning turli burchaklaridan mehmonlarning oqib kelishini hisobga olsak, yurtimiz turizm salohiyatiga bagʻishlangan ushbu videoroliklar oʻz samarasini berishi, shubhasiz. Oʻz navbatida, bu kelgusi yilda mamlakatimizga keluvchi sayyohlar soni oshishiga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring