Oʻzbekiston TIV Qatar diplomatlari YTHda halok boʻlgani yuzasidan hamdardlik bildirdi
Videodan kadr
Avvalroq Misrda Qatar delegatsiyasi ishtirokida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida kamida uch nafar diplomat halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi. Oʻzbekiston Tashqi ishqi ishlar vazirligi ushbu fojiali hodisa munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
«Misr Arab Respublikasining Sharm ash-Shayx shahrida yuz bergan yoʻl-transport hodisasi oqibatida Qatar Davlati Amiri Devoni xodimlaridan uch nafari fojiali tarzda halok boʻlgani haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik.
Qatar Davlati Hukumatiga va xalqiga, shuningdek, halok boʻlganlarning oila aʼzolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz. Shuningdek, ushbu hodisada jarohat olganlarga tezroq sogʻayib ketishlarini tilaymiz», deyiladi vazirlik xabarida.
Misrda Qatar delegatsiyasi YTHga uchradi
Hodisa Gʻazo sektoridagi mojaroni hal etish boʻyicha muzokaralarda qatnashgan Qatar delegatsiyasi aʼzolari bilan sodir boʻldi. Maʼlumotlarga koʻra, muzokaralar oʻtkazilayotgan Sharm ash-Shayx shahridan 50 km uzoqlikda roʻy bergan voqea oqibatida qatarlik uch nafar diplomat — Abdulla bin Gʻonim al-Xayrin, Hasan al-Jobir va Saud bin Tamir as-Saniy halok boʻlgan, yana ikki kishi tan jarohati olgan.
Masraviy axborot portaliga koʻra, avtohalokat Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abduraxmon Ol Soni ishtirokidagi kortej tarkibida sodir boʻlgan. Ular Isroil va HAMAS oʻrtasidagi bilvosita muzokaralarda vositachi sifatida qatnashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring