Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston Venada qanday kelishuvga erishdi?
Avstriyaning Vena shahrida Jahon banki guruhi koʻmagida Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan “Qirgʻiz Respublikasi Xalqaro energetika investitsiya forumi”ning birinchi kuni boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov ham ishtirok etmoqda.
“Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston “Qambarota GES-1” qurilishiga tayyorgarlik koʻrishni boshlash boʻyicha kelishuv imzoladi", deb yozmoqda Oʻzbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Uch mamlakatning energetika boʻyicha masʼullari 10-iyun kuni Vena shahrida boʻlib oʻtgan forumda yashil energiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bagʻishlangan kelishuvni imzolagan.
Qayd etilishicha, “Qambarota GES-1” loyihasini muhokama qilishdan asosiy maqsad Markaziy Osiyoda toza energiyaga oʻtishni jadallashtirish boʻyicha salohiyatni namoyish etishdan iborat.
Forumda sohaning 200 nafarga yaqin vakillari ishtirok etmoqda. Xususan, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Avstriya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya davlatlaridan kelgan vakillar, Yevropa Ittifoq hamda bir qator xalqaro moliya institutlari mutasaddilari ham qatnashyapti.
“Qambarota GES-1” loyihasi Qirgʻiziston tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston va Qozogʻiston loyihaga oʻtgan yili qoʻshilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring