O‘zbekiston Prezidenti va YTTB rahbari ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 dekabr kuni Butunjahon iqlim sammiti doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu nufuzli moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari joriy yil may oyida Samarqandda o‘tgan YTTB Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishining samarali natijalarini yuksak baholadi.
Bankning mamlakatimizdagi investisiyalari 3,5 milliard yevrodan oshgani, loyihalar portfelining 60 foizi xususiy sektorga to‘g‘ri kelayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Mamlakatimiz bilan sheriklik bo‘yicha ishlab chiqilayotgan Sheriklik strategiyasi, eng avvalo, kichik va o‘rta biznes, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish, bank sohasida xususiylashtirish, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik sifati va ko‘lamini salmoqli darajada oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Kelgusi yilda Xorijiy investorlar kengashi navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring