Oʻzbekiston Prezidenti Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi rahbarlarini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan boshchiligidagi yirik kompaniyalar delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda "Vision Invest" va "Riyadh Cables" kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
Ushbu mamlakat ishbilarmonlari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va yurtimizdagi ustuvor loyihalarni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Saudiyaning "ACWA Power" va boshqa kompaniyalari bilan sermahsul sheriklik yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bugungi kunda qo‘shma loyihalar portfeli 24 milliard dollarga yetgan. "Yashil" energetika sohasidagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Toshkent viloyatida “yashil” vodorod ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, axborot texnologiyalari, transport, kommunal xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring