Oʻzbekiston Prezidenti BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi rahbarini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida BMT Bosh kotibi oʻrinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi Ijrochi kotibi Tatyana Molchanni qabul qildi.
Suhbat avvalida Tatyana Molchan Prezidentimizga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Mintaqa va mamlakat miqyosidagi loyihalarni amalga oshirish hamda oʻtgan yil noyabr oyida Boku shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni roʻyobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari komissiya 2030-yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim oʻrnini, uning transport, innovatsiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va gender tenglik, Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilishi masalalaridagi koʻmagini qayd etdi.
2030-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan SPEKAni rivojlantirish konsepsiyasini tez fursatda qabul qilish, dasturning Maqsadli jamgʻarmasini ishga tushirish va qator konseptual hujjatlarni tayyorlash muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring