Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ishtirok etadi

20:02 19 Sentyabr 2025 Siyosat
162 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 20-24-sentyabr kunlari amaliy tashrif bilan Nyu-York shahrida boʻladi.

Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasi yalpi sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida nutq soʻzlaydi.

Taʼkidlash joizki, Bosh Assambleyaning bu yilgi yubiley sessiyasida global xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, BMT tizimi va xalqaro moliya arxitekturasini isloh qilish, iqlim oʻzgarishi oqibatlari va boshqa zamonaviy xatarlarga qarshi kurashishning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.

Sammit doirasida Oʻzbekiston yetakchisi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro moliyaviy institutlar rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazadi.

Tashrif dasturining ishbilarmonlik qismidan AQSHning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy-investitsiya tuzilmalari ishtirokida uchrashuv va tadbirlar oʻrin olgan. Yangi kelishuv va shartnomalar toʻplami imzolanishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер