Oʻzbekiston Prezidenti BAA bilan investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi

14:45 02 Dekabr 2023 Siyosat
249 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahriga tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari doirasida 2-dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari investitsiya vaziri, “ADQ” xoldingi bosh ijrochi direktori Muhammad Hasan al-Suvaydiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda  “TAQA” kompaniyasi rahbari Jasim Husayn Tabet va “Masdar” kompaniyasi rahbari Muhammad Jamil al-Ramahiy ham qatnashdi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikdagi qoʻshma loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sheriklik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Energetika sektoridagi hamkorlik tobora kengayib bormoqda. Tashrif doirasida bu yoʻnalishda “Masdar” kompaniyasi bilan Strategik sheriklik toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari “Masdar” bosh ijrochi direktori Muhammad Jamil al-Ramahiyga koʻp qirrali Oʻzbekiston-BAA munosabatlari rivojiga qoʻshgan shaxsiy hissasi uchun Oʻzbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti – “Doʻstlik” ordenini topshirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?