Oʻzbekiston Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-oktyabr kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Delegatsiya Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSHning vazirlar darajasidagi taraqqiyot masalalari boʻyicha uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turibdi.
Konstruktiv va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekistonda USAID bilan hamkorlikda sogʻliqni saqlash, taʼlim, “yashil” energetika, agrobiznes va boshqa yoʻnalishlarda bir qator loyihalar roʻyobga chiqarilgani va davom ettirilayotganini taʼkidlash joiz.
Suhbat chogʻida joriy yilning sentyabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasida boʻlib oʻtgan “S5+1” formatidagi davlat rahbarlari sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring