Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Xitoy bilan durang oʻynadi

10:22 27 Yanvar 2026 Sport
247 0

Foto: OʻFA

Kecha, 26-yanvar kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilayotgan yigʻini doirasida Xitoy terma jamoasiga qarshi nazorat oʻyini oʻtkazdi.

Oʻyin FIFA kunlari doirasida oʻtmayotganligi uchun reyting jihatdan ahamiyatga ega emas edi. Shu sabab ushbu bahsda FIFA tomonidan ishlab chiqilgan “oʻyin qoidalari” dasturiga rioya etish ham talab etilmadi. Natijada jamoalar oʻzaro kelishuvga koʻra, har bir boʻlimi 35 daqiqadan iborat 3 boʻlimli oʻyin oʻtkazdi.

Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasidan gollarga “Qoʻqon-1912” futbolchisi Javohir Husanov va “Surxon” jamoasining 18 yoshli futbolchisi Behruzjon Karimov mualliflik qildi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ushbu yigʻin doirasida 30-yanvar kuni Armanistonning “Urartu” jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?