Oʻzbekiston xalq artisti Turgʻun Azizov vafot etdi
Oʻzbekiston xalq artisti, aktyor hamda rejissyor Turgʻun Azizov 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oʻzbek milliy akademik drama teatri matbuot xizmati maʼlum qildi.
Turgʻun Azizov 1934-yilning 30-noyabrida Toshkentdagi “Saryogʻchi” (hozirgi “Beshqayragʻoch”) mahallasida tugʻilgan. 1956-yili avvalgi Oʻzbekiston Davlat teatr va rassomchilik institutini tamomlab, shu yili hozirgi Oʻzbek Milliy akademik drama teatriga ishga qabul qilingan. 33 yoshida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. 1974-yilda Oʻzbekiston xalq artisti unvonini olgan. Shuningdek, u “Mehnat shuhrati” ordeni (2001-yil) sohibi ham hisoblanadi.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring