Oʻzbekiston Keniya bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi

Oʻzbekiston va Keniya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. Bu haqida Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.
Unda aytilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Keniya Bosh vaziri va tashqi ishlar va diaspora ishlari boʻyicha vaziri Musaliya Mudavadi bilan uchrashuv oʻtkazilgan.
Nyu-York shahrida oʻtkazilgan mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston va Keniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari ishtirokida tegishli Kommyunike imzolangan.
“Keniya Afrikaning eng dinamik iqtisodiyotlaridan biri va texnologiya hamda innovatsiyalar markazi sifatida jadal taraqqiyot namoyon etmoqda. Biz ikki xalq manfaatlariga bevosita foyda keltiradigan samarali hamkorlik imkoniyatlarining keng doirasini muhokama qildik”, — deyiladi xabarda.
Shu tariqa, Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan mamlakatlar soni yana bittaga koʻpayib, 164 taga yetdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Sharqiy Afrikada joylashgan Eritreya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring