Oʻzbekiston–Italiya: hududlar darajasida strategik hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida mamlakatimiz delegatsiyasi Italiyada boʻlib, davlat boshqaruvi hamda hududlarni rivojlantirish yoʻnalishlarida qator muhim kelishuvlarga erishdi.
Maʼlum qilinishicha, Italiyaning Hududiy ishlar va avtonomiyalar vazirligi, shuningdek, Latsio viloyati rahbariyati bilan oʻtkazilgan muzokaralarda ikki davlat hududlari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olingan.
Kelishuvlarga muvofiq, Italiyaning mahalliy byudjet barqarorligini taʼminlash boʻyicha ilgʻor tajribasini Toshkent, Surxondaryo, Namangan va Buxoro viloyatlarida joriy etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston viloyatlari va Italiya okruglari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyaviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishilgan. Xususan, Latsio okrugi bilan Toshkent viloyatida farmatsevtika va logistika, Toskana bilan Buxoro viloyatida turizm, Emiliya-Romanya bilan Namangan viloyatida toʻqimachilik va asalarichilik, Abrusso okrugi bilan esa Surxondaryo viloyatida uzumchilik yoʻnalishlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda.
Taʼlim va innovatsiya sohasida ham qator tashabbuslar muhokama qilingan. Jumladan, Rim universitetining Toshkentda filialini ochish, Parkent tumanida “enoturizm” kompleksini barpo etish, shuningdek, “Lazio Innova” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamkorligida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishchi guruh tuzishga kelishilgan.
Maʼlumotga koʻra, kelishuvlar doirasida 2026-yil mart oyiga qadar aniq investitsion loyihalarni shakllantirish hamda “Toshkent–Latsio hududlari” biznes forumini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur hamkorlik davlat boshqaruvini sifat jihatidan yangilash va hududlar iqtisodiyotiga xorijiy tajribani samarali tatbiq etishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring