Oʻzbekiston Hindistondan 2,9 mln dollarlik guruch xarid qildi

Illyustrativ foto
Milliy statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Hindistondan 7 oyda qancha guruch import qilganini ochiqladi.
Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar iyul oylarida Oʻzbekiston 13 ta davlatdan qiymati 2,9 million AQSH dollariga teng boʻlgan 6,5 ming tonna guruch import qilgan.
Bunda eng yirik yetkazib beruvchilar 4,3 ming tonna guruh bilan Qozogʻiston, 1,1 ming tonna mahsulot bilan Hindiston va 582 tonna bilan Qirgʻiz Respublikasi boʻlgan.
7 oyida Oʻzbekistonga eng koʻp guruch yetkazib bergan davlatlar:
Qozogʻiston – 4,3 ming tonna;
Hindiston – 1,1 ming tonna;
Qirgʻiz R. – 582 tonna;
Pokiston – 186 tonna ;
Xitoy – 66 tonna;
Boshqa davlatlar – 289 tonna.
Avvalroq 2025-yilning yanvar iyul oylarida Oʻzbekistonga 22 ta xorijiy davlatlardan qiymati 155,7 million AQSH dollariga teng boʻlgan 30 ming 346 ta yuk avtomobillari import qilingani toʻgʻrisida xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring