Oʻzbekiston harbiylar terma jamoasi xalqaro musobaqada rekord natija bilan gʻolib boʻlishdi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi terma jamoasi Pokiston Islom Respublikasi hududida oʻtkazilgan VIII Xalqaro “Jamoa ruhi” musobaqasida rekord natija bilan gʻolib boʻldi. Bu haqida Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Unga koʻra, mazkur musobaqa Pokiston Islom Respublikasi Qurolli Kuchlariga qarashli 22 armiya korpusining Terrorizmga qarshi kurashish milliy oʻquv markazi bazasida oʻtkazildi.

Ushbu musobaqada 14 ta davlat – Oʻzbekiston, Bahrayn, Saudiya Arabistoni (4 ta jamoa), AQSH, Marokash, Xitoy, Iordaniya, Iroq, Turkiya, Maldiv orollari, Shri-Lanka, Belarus Respublikasi, Qozogʻiston va Qatardan 17 ta xalqaro jamoa va Pokiston Islom Respublikasining 14 ta, jami 31 ta jamoa bahs olib borishdi.

Musobaqa shartlariga koʻra, jamoalar 90 km (60 soat vaqt ichida)gacha boʻlgan marshrutning 7 ta nazorat nuqtasida azimut boʻyicha harakatlanib, unda taktik-maxsus, otish, tibbiy, aloqa, muhandislik tayyorgarligi, ommaviy qirgʻin qurollardan himoya va harbiy topografiyadan turli maxsus mashqlarni, shuningdek, kutilmagan testlarni yechish mashqini bajargan.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi qurʼaga binoan birinchi nazorat nuqtasidan 17-boʻlib harakatlanishni boshlagan boʻlsada, har bitta nuqtada maxsus vazifalarni muvafaqqiyatli bajarib, 46 soat 44 daqiqada marraga birinchi boʻlib yetib keldi.

Mamlakatimiz Mudofaa vazirligi terma jamoasi 34 daqiqa 15 soniyada 90 kilogramm yaradorni toʻliq anjom-aslahalar bilan 5 kilometr masofaga evakuatsiya qilish vazifasini bajarib, musobaqa rekordini oʻrnatdi.
Musobaqaning yakuniy natijalarga koʻra, Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi 95 foizlik natija bilan birinchi oʻrinni egalladi. Xitoy jamoasi esa 74 foizlik natija bilan ikkinchi, 65 foizlik natija bilan Bahrayn jamoasi uchinchi oʻrinda qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring